Istanbul Boshkonsulxonasi
6.13K subscribers
1.07K photos
231 videos
5 files
608 links
O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://uzconsulate.taplink.ws/
Telegramdagi bot: https://t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёевга миграцияни тартибга солиш ва меҳнат мигрантларини қўллаб-қувватлашга қаратилган таклифлар тақдимот қилинди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлены предложения по вопросам упорядочения миграции и поддержки трудовых мигрантов.

#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #migratsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
☄️Turkiyada uzoq muddat qoladigan fuqarolarimiz diqqatiga. Turkiya Migratsiya idorasi tarqatgan ma'lumotga ko'ra, joriy yilning 15 aprelidan boshlab, yashash ruxsatnomasi (ikamet izni) muddatini uzaytirish uchun yana bir qo'shimcha hujjat - Milliy elektron xabarnoma tizimi (Ulusal Elektronik Tebligat Sistemi, qisqacha UETS)da ro'yxatga olingan manzil haqidagi ma'lumotnomani ilova qilish talab etilmoqda.
UETS manzilini Turkiyadagi pochta (PTT) bo'limlaridan olish mumkin. Buning uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- passport va Turkiyadagi identifikatsiya raqami (Kimlik numarası);
- qo'l telefoni raqami;
- elektron pochta manzili.
➡️https://t.me/Turkiyadagi_elchixona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Жорий йилнинг 27 март куни Туркия махаллий хуқуқни муҳофаза қилувчи органлари томонидан ИШИД халқаро террорчилик гуруҳига аъзо деб гумон қилинаётган 70 киши ушланганлиги ҳақидаги ижтимоий тармоқларда хабар тарқалди.

Қўлга олинганлар орасида 1 нафар 39 ёшли Андижон вилоятида туғилган Ўзбекистон фуқароси ҳам борлиги аниқланди.

Адвокатлар аралашуви натижасида ватандошимизнинг таъкидланган террорчилик гуруҳига алоқаси борлиги ҳақидаги важлар ўз исботини топмади ва қўйиб юборилди.

Ўз ўрнида ватандошларимиздан турли бузғунчи оқимларнинг домига илиниб қолмаслик учун қуйидагиларга эътибор қаратишларини тавсия қиламиз:
-экстремистик руҳдаги Телеграм, Инстаграм, Тик-ток, Ютуб ва Ватсап каналлари ва сайтларига аъзо бўлмаслик;
-мобил телефонларда билиб-билмай мутассиблик руҳидаги нашидалар (қўшиқлар), маърузалар, суратларни сақламаслик ва тарқатмасик;
-электрон почта орқали номаълум шахслардан келган диний мазмундаги даъват ва танишув ҳақидаги таклифларга жавоб бермаслик.

Зеро хорижда қилинган ҳар бир яхши ёки ёмон хатти-ҳаракат мамлакатимиз ва халқимизнинг обрўсига, қолаверса фаолиятига таъсир этади.
E’LON

Joriy yilning 16-19 aprel kunlari O’zbekiston Oila va xotin-qizlar qo’mitasi hamda respublikaning tegishli vazirlik idoralari vakillaridan iborat Ishchi guruhi Turkiya Respublikasida bo’lib turgan o’zbekistonlik xotin-qizlar bilan sayyor qabullar o’tkazadilar.
Uchrashuvlarda og’ir ijtimoiy ahvolga tushub qolgan vatandoshlarimizga amaliy yordam berish choralarini ko’rish, kerak bo’lgan taqdirda ularni vatanga qaytarish, mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xotin-qizlarga zarur ijtimoiy yordam ko’rsatish va huquqiy himoya qilish, ularni oila a’zolariga har tomonlama yordam berish, O’zbekistonda yaratilgan mavjud vakant ish o’rinlarini taklif etish va ishga joylashtirish masalalari gaplashiladi.

SAYYOR QABUL kunlari va manzillari quyida keltirilgan:

16 aprel soat 10:00-18:00 O’zbek hotin-qizlari huquqini himoya qilish jam’yati (ÖKHD) ofisi
Manzili: Mecidiyeköy mah. Kervan Geçmez sok. Keskin iş merkezi 7 kat 13D
Şişli - İstanbul
17 aprel 10:00-13:00 “FAYZ kargo” ofisi.
Manzili: Katip Kasım mah. Hayriye tüccarı cad. Kızıltaş sok 51.
Orientir: Semper Oteli yonida (Fatih - Kumkapı)

19 aprel Bursa shahridagi O’zbekiston Respublikasi Faxriy konsullik binosi
Manzili: Altınova Mah. Istanbul Cad. No:398 Akyıldız Iş Mekezi-Kat 2- No: 4/5 16090/Osmangazi/ Bursa

Hurmatli vatandoshlar! Muammolarning yechimini birgalikda hal qilish, shaxsiy taklif kiritish maqsadida SAYYOR QABUL uchrashuviga barchangizni taklif qilamiz!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-aprel Sohibqiron Amir Temur tug`ilgan kun. Bugun buyuk sohibqiron, adolat va qudrat sohibi Amir Temur tavalludiga 688 yil to`ldi.
🇺🇿 O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik almashdilar.
***
🇹🇷 Özbekistan ve Türkiye Cumhurbaşkanları birbirlerinin Ramazan Bayramı’nı tebrik ettiler.
Азиз ватандошлар!

Юртимиз мўмин-мусулмонлари ва бутун халқимизни, шунингдек сиз азиз юртдошларимизни ер юзидаги ислом уммати томонидан кенг нишонланаётган улуғ ва муборак айём - Рамазон хайити билан чин қалбимдан самимий табриклайман. Рамазони шариф ҳар бир хонадонга, жонажон юртимизга қут-барака, соғлиқ-омонлик ва бахту-саодат олиб келсин!
Оилангизда тинчлик, меҳр-оқибат ва фаровонлик ҳукм сурсин!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Umid…

• Tushunmaysiz! Otasiz va yo'qsillikda  katta bo'lish hisini, toki, shunday hayotda yashab ko'rmaguningizcha, tushunmaysiz. 
Ijtimoiy tarmoqqa video joylashishga harakati o’lim bilan tugadi.

Joriy yilning 9 aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan ikki nafar O’zbekiston fuqarolari Instagram tarmog’iga to’pponcha bilan video olib joylamoqchi bo’lgan.

22 yoshli S.Gebbarov honadoshi va o’rtog’i U.Rahmatilloev tomonidan otib qo’yilgan.

S.Gebbarov bosh qismiga olingan o’q natijasida o’sha yerda vafot etgan. U.Rahmatilloev esa mahalliy politsiya tomonidan ushlangan.

U.Rahmatilloevning ko’rsatmasiga ko’ra, ikki o’rtoq arafa kuni birgalikda iftor qilib, gaplashib o’tirishgan. S.Gebbarov to’pponcha bilan video olmoqchi bo’lgan. U.Rahmatilloev to’pponchani o’qsiz deb o’ylab bilmasdan otib qo’ygan.

Vafot etgan vatandoshimizning jasadini mamlakatimizga yuborish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.
Nukusdan Istanbulga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga turistlar oqimini ko‘paytirish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida 2024 yilning 17-iyun kunidan boshlab “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan Nukus-Istanbul-Nukus yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga quyilmoqda.

Aviaqatnovlar haftaning har dushanba kuniga rejalashtirilgan.

Aviabiletlar www.uzairways.com sayti hamda aeroport kasallari orqali sotuvga qo‘yilgan.
ДИҚҚАТ, ҚИДИРУВ!!!

Фуқароларнинг кўп миқдордаги пул маблағларини ғайриқонуний йўллар билан ўзлаштиришда айбланиб, бугунги кунда Туркия ҳудудида жиноий жавобгарликдан яшириниб юрган қуйидаги шахс  ҚИДИРИЛМОҚДА.

АТАБАЕВ ФАЗЛИТДИН ФАХРИТДИНОВИЧ

1986 йилда Самарқанд вилоятида туғилган.

Ушбу шахс тўғрисида маълумотга эга бўлган ватандошларимиздан Бош консулхонага ёки Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигига хабар бериш сўралади.

Жиноий жавобгарликдан қочиб хорижий давлатларда, шу жумладан Туркияда яшириниб юрган ҳар бир шахсга нисбатан жиноий таъқиб изчил равишда давом эттирилади ва жиноят учун жавобгарлик принципи қатъий таъминланади.
Шу билан бирга, фуқароларимиздан фирибгарларга алданиб қолишдан ОГОҲ БЎЛИШЛАРИНИ СЎРАЙМИЗ.
🇹🇷Istanbulda “Biznes marafon”

Turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashish imkoniyati endi Istanbulda.
25-aprel, soat 16:00da Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida “Biznes marafon” bo‘lib o‘tadi.
Sizni muvaffaqiyat sirlari, tajriba, ko‘nikma va qiziqarli voqealarga boy marafon kutmoqda.

📨Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
https://forms.gle/omXPVWvw11arjEoB7

📍Manzil: Ali Emiri Efendi Kültür Merkezi

📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bosh konsulxona ogohlantiradi!

So’nggi vaqtlarda vatandoshlarimizdan quyidagi firibgarlik qurboni bo’lib qolayotganliklari yuzasidan murojaatlar ko’paymoqda:

“Facebook” orqali o’zini Turkiya Ish Banki xodimi sifatida tanishtirib, xuddiki ushbu bankda siz bilan familiyadosh vafot etgan shaxsning qolib ketgan sarmoyasiga sherikchilik qilish evaziga uning hisobiga ma’lum bir miqdorda pul o’tkazib berish (buning qurbonlari O’zbekistondan ham uchramoqda) hamda shunga o’xshash holatlar ko’p uchrab turibdi.

Vatandoshlarimizdan telefon orqali o’zini bank xodimi deb tanishtirgan shaxslarga o’zingizga tegishli ma’lumot bermaslik, shaxsiy kartangizning maxfiy raqamlarini aytmaslik va bu borada ehtiyot bo’lishlaringizni so’rab qolamiz.
Ogoh bo’ling!

Turkiya hududida keng tarqalayotgan firibgarlikning navbatdagi turlaridan biri:

- onlayn savdo orqari bergan buyurtmani bekor qilgandan keyin o’zini advokat deb sud, kargo harajatlarini undirish;

- telefon orqali o’zini politsiya yoki maxsus kuchlar hodimi sifatida tanishtirib, sizning hisobingizdan horijdagi jinoiy yoki terrorchi guruhlarga to’lov amalga oshirilganligini aytib, asl jinoyatchini ushlash maqsadida yangi bir hisob raqamiga pul o’tkazish.

Bunday firibgarlar o’zingizdan ma’lumotlarni olib o’zingizga qarshi ishlatishi, firibgarlik va ishontirishda psihologik vositalardan foydalanishi yuzasidan harakat qilayotganligi ma'lum bo'lmoqda.

Vatandoshlarimizdan onlayn ravishda berilgan buyurtmani bekor qilishda belgilangan tartibda (iade) qaytarish, telefon orqali o’zini politsiya, sud, maxsus kuch hodimi deb tanishtirgan shaxslarga ma’lumot bermaslik, o’rnatilgan tartibda chaqirishlarini talab etishlarini tavsiya etib qolamiz.
Joriy oyning o’rtalarida Istanbul shahrining Sultanbeyli tumanida vaqtincha yashayotgan va ish faoliyatida bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi 1971-yil 14-mayda Samarqand viloyatida tug’ilgan RUSTAMOV KAHRAMON AZAMOVICH ish joyida zinadan yiqilib xushini yo’qotgan va voqea joyida vafot etgan.

Hozirgi vaqtda fuqaroning jasadi kasalxonada morg bo’limida bo’lib, yaqin qarindoshlari yoki tanishlari zudlik bilan Bosh konsullik telefon raqamlari: (212)3232037; (212)3232036 yoki https://t.me/konsul_7_24 ga murojaat qilishlarini so’rab qolamiz.

Marhumning yaqinlariga sabr va chuqur ta’ziya bildiramiz.
2024 yilning mart-aprel oylarida “Doğu turizm” firmasi hamkorligida bevosita Bosh konsulxona tashabbusi bilan 400 dan ortiq turk tadbirkorlari, harbiylari va akademiklarining Istanbuldan Horazm, Buhoro, Samarqand va Toshkent shaharlariga sayyohlik safarlari tashkil etildi.

Ushbu viloyatlarni ziyorat qilishar ekan, sayyohlar hokimiyatlar, univetsitetlarda va tadbirkorlar bilan iqtisodiy va ilmiy hamkorlik yuzasidan ham uchrashuvlar o’tkazdilar.

Shuningdek aprel oyida 102 nafarlik Turkiyaning malakali shifokorlari ziyorat qilish bilan birga bir nechta vatandoshlarimizni bepul muolaja qilishlariga ham muvaffaq bolindi.

May oyida ham yirik turk sayyoh guruhlarining mamlakatimizga tashriflari rejalashtirilgan.

Özbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar yurtimizning madaniy, ma’naviy, gastronomik jozibadorligini e’tirof etgan holda boshqa viloyatlarimizni ham korishga, boshqa yaqinlariga bu boradagi taassurotlarini aytish orqali vatanimiz dovrug’ini yoyayotganligini ta’kidlash lozim.

Bu borada Turkiyada vaqtinchalik yashab, o’qib, ishlab yurgan vatandoshlarimizning yurtimizning turizm salohiyatini yoyishga qo’shayotgan hissalari uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.