Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
3.27K subscribers
3.28K photos
285 videos
310 files
364 links
Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Республики Узбекистан

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy telegram kanali

http://acdf.uz/
t.me/acdfuz
fb.com/acdfuz
tw.com/acdfuz_official
Download Telegram
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 2023-yilning 23-yanvarida boshlanib, 23-aprelga qadar davom etadigan I Islom san’ati biennalesida O‘zbekiston namoyandasi sifatida ishtirok etadi.

Yurtimiz ko‘rgazma bisotidan O‘zbekistonning islom davriga taalluqli oʻlka turmush tarzini ifodalovchi ashyo va to‘qimachilik buyumlari munosib o‘rin egallagan. Ular orasida O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi sara to‘plamlariga mansub baxmal va shoyi matoli, kumush va zardo‘zi ipda tikilgan XIX asrning ikkinchi yarmiga oid erkaklar to‘nlari va etiklari mavjud.

Jidda islom san’ati biennalesi Diriya biennale jamg‘armasi tomonidan Saudiya Arabistoni Podshohligi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
____

Фонд развития культуры и искусства представит Узбекистан на первой Биеннале исламского искусства в Джидде, Саудовская Аравия, которая стартует 23 января и продлится до 23 апреля 2023 года.

Экспозиция включит предметы этнографии и текстиля исламского периода Узбекистана. Среди них – мужские халаты и сапоги второй половины XIX века из бархата и шелка, расшитые серебряными и золотыми нитями, принадлежащие коллекции Государственного музея искусств Узбекистана.

Биеннале исламского искусства в Джидде организована Фондом биеннале Дирия в сотрудничестве с Министерством культуры Саудовской Аравии.
Parijdagi Arab dunyosi institutida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin moʻjizalari” koʻrgazmasida Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent va Farg‘ona vodiysi shaharlaridan 24 dona anʼanaviy ust kiyimlardan iborat o‘xshashda tengi yo‘q liboslar guldastasi namoyish etilmoqda.

XIX-XX asr boshlarida Markaziy Osiyoning aksariyat shaharlarida ipak, nimshoyi, kimxob va paxta abr gazlamalari ishlab chiqarilgan. Oʻsha kezlari Oʻzbekistonda dunyoda ikat nomi bilan dong taratgan abrishim matolarini badiiy tasvirlarda boʻyab, jilva tus berish katta avj bilan rivojlangan.

Hozirda ikat sanoati Marg‘ilonda keng quloch yozib taraqqiy etgan bo‘lib, zamon bilan hamnafas hunarmandlar avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan qadimiy an’ana va uslublar asosida gazmol tikadilar. Bularning barcha tarovatu-jilosidan ko‘rgazmaning o‘zida 2023-yilning 4-iyuniga qadar bahra olish mumkin.
____

На выставке «Дорога в Самарканд. Чудеса шелка и золота» в парижском Институте арабского мира, организованной Фондом развития культуры и искусства, представлена
необычайная инсталляция из 24 традиционных халатов из Хорезма, Самарканда и Бухары, и также из Ташкента и городов Ферганской долины.

В XIX – начале ХХ века шелковые, полушелковые и хлопчатобумажные абровые ткани вырабатывали в большинстве городов Центральной Азии. Наиболее активно в Узбекистане в то время развивалось художественная окраска абровых тканей, известных в мире как икаты.

Сейчас производство икатов наиболее развито в Маргилане, где современные ремесленники изготавливают ткани согласно древним традициям и технологиям передающим из поколения в поколение. На выставке их можно увидеть во всем многообразии до 4 июня 2023 года.
Parijdagi Arab dunyosi institutida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin moʻjizalari” nomli Oʻzbekistonning XIX asr oxiri – XX asr boshlariga oid milliy libos va xalq amaliy sanʼati namunalariga bagʻishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazmada, shuningdek, I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyida saqlanayotgan rus va Turkiston avangardining mashhur sara to‘plamiga mansub 23 ta yorqin rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda.

1917–1932-yillari mobaynida Turkiston o‘lkasi rus avangard musavvirlari intiladigan ommabop maskan hisoblangan. O‘tgan asrning 20-yillarida bir necha yoʻnalishlarda rivojlanishga turtki yasagan oʻzbek badiiy rassomchilik maktabi vujudga keladi. Taqdim etilgan mo‘ybo‘yoq suratlarda mahalliy aholi siymolari, me’morchilik, kundalik turmush manzara va sahnalari aks etgan turfa mavzular hamda amaliy san’at asarlari, gilam, so‘zana, chopon va ikatlarni uchratish mumkin.
____

В Институте арабского мира в Париже проходит выставка «Дорога в Самарканд. Чудеса шелка и золота», организованная Фондом развития культуры и искусства, посвященная национальному костюму и народно-прикладному искусству Узбекистана конца XIX – начала XX веков. Помимо этого, на выставке представлено 23 ярких живописных работ из знаменитой коллекции русского и туркестанского авангарда Государственного музея искусств Республики Каракалпакстан им. И.В. Савицкого.
В период с 1917 по 1932 год Туркестан был самым популярным местом для русских художников-авангардистов. В 1920-х годах возникла узбекская художественная школа, развивавшаяся в нескольких направлениях. На представленных картинах можно встретить самые разные сюжеты, среди которых портреты местного населения, архитектура, пейзажи и сцены повседневной жизни, произведения прикладного искусства, ковры, сюзане, чапаны и икаты.
10-fevral kuni O‘zbekiston madaniy va tarixiy merosining Luvrdagi ilk keng ko‘lamli “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” nomli ko‘rgazmasining madaniy dasturi doirasida zamonaviy fransuz sahnasining yorqin tirik afsonasi Rodolf Byurjening o‘zbek musiqachilari bilan birgalikdagi konsert tomoshasi bo‘lib o‘tadi.

Rodolf Byurje – ommabop fransiyalik san’at arbobi, bastakor, o‘zining musiqiy tajribalari bilan dong chiqarib, keng ixlosmandlarning katta olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda. Shunday tajriba-sinov asarlardan biri Markaziy Osiyo ohang va tovushlaridan ilhomlangan boʻlib, uning ijrosini mashhur xonanda uch nafar isteʼdodli oʻzbek sozandalari – Jamol Avezov (skripka va gʻijjak), Shuhrat Xolxo‘jayev (tambur va sato) va Maʼmur Zilolov (tor) jo‘rligida Luvrda taqdim etadi.
____

10 февраля в рамках культурной программы первой масштабной выставки культурного и исторического наследия Узбекистана «Великолепие оазисов Узбекистана. На пересечении караванных путей» в Лувре состоится концерт культовой фигуры современной французской сцены Родольфа Бюрже совместно с узбекскими музыкантами.

Родольф Бюрже - популярный французский музыкант, композитор, известен своими музыкальными экспериментами, которые находят всеобщую любовь у широкой аудитории. Одним из таких экспериментов является музыка вдохновленная ритмами и звуками из Центральной Азии, которую исполнитель представит в Лувре совместно с тремя талантливыми узбекскими музыкантами: Джамалом Авезовым (скрипка и гиджак), Шухратом Холхуджаевым (тамбур и сато) и Мамуром Зилоловым (тар).
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va Saudiya Arabistoni San’at kengashi o‘z tashkilotlarini rasman va atroflicha tanishtirish hamda ijodiy jamoalarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash bo‘yicha tajriba almashish maqsadida o‘zaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Saudiya San’at kengashi Saudiya Arabistoni Podshohligida yirik madaniy loyihalarni amalga oshirib kelayotgan yetakchi muassasa hisoblanadi.

Jamg‘arma ijrochi direktori Gayane Umerova, “Asr”galereyasi hammuassisi, Saudiya San’at kengashi prezidenti hamda “Edge Arabia” tashabbusi ijrochi direktori Muhammad Hafiz o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda madaniy almashinuv sohasida hamkorlik qilish, shu jumladan, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni san’at namoyandalarining ikki mamlakatdagi ijodkorlar rezidensiyalariga tashrif buyurish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
____

Фонд развития культуры и искусства и Совет по искусству Саудовской Аравии (The Saudi Art Council) провели встречу, направленную на официальное, подробное знакомство двух организаций, обмен опытом по развитию и поддержке творческих сообществ. Совет по искусству Саудовской Аравии является ведущей институцией, осуществляющей крупнейшие культурные проекты в Саудовской Аравии.

Встреча прошла между исполнительным директором Фонда Гаянэ Умеровой и соучредителем галереи Athr, президентом The Saudi Art Council и исполнительным директором инициативы Edge Arabia Мохаммедом Хафизом. Стороны обсудили возможность сотрудничества в области культурного обмена, в том числе в рамках резиденций для художников из Узбекистана и Саудовской Аравии, которые смогут посещать резиденции обеих стран.
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 2023-yilning 23-apreliga qadar davom etadigan birinchi Islom sanʼati biennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Biennaleda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistonning boy Islom madaniyatini xalqaro jamoatchilikka keng yoritib beruvchi qadimiy oʻlka turmush tarzi va gazlama matolari jilosini oʻzida mujassam etgan 17 ta noyob muzey ashyolari taqdim etilmoqda.

Koʻrgazma VIII asrga oid muborak Katta Langar Qurʼoni, X-XII asrlarga taalluqli Samarqand va Afrosiyob sopol koʻza va kosalari, mashhur muhaddis al-Buxoriyning XVII asrga mansub “as-Sahih” kitobi nusxasi, Buxorocha erkaklar toʻnlari va poyabzallar hamda boshqa buyumlardan iborat.

Islom san’ati biennalesi Diriya biennale jamgʻarmasi tomonidan Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
____

Состоялось торжественное открытие первой Биеннале исламского искусства в Джидде (Саудовская Аравия) которая продлится до 23 апреля 2023 года.

Фонд развития культуры и искусства представляет на Биеннале уникальную экспозицию, состоящую из 17 музейных предметов этнографии и текстиля, которые открывают для международной аудитории богатую исламскую культуру Узбекистана.

Экспозиция включает Катталангарский Коран VIII века, керамические кувшины и чаши из Самарканда и Афрасиаба X-XII веков, копию книги ас-Сахих знаменитого хадисоведа ал-Бухари XVII века, мужские халаты и обувь из Бухары, и другие экспонаты.

Биеннале исламского искусства организована Фондом биеннале Дирия в сотрудничестве с Министерством культуры Саудовской Аравии.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatrida 2023-yilning 1–19-mart kunlari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan Xalqaro balet festivali bo‘lib o‘tadi. Mazkur nafis raqs shodiyonasining keng miqyosli dasturlari doirasida turli mamlakat va balet maktablarining mashhur sahna asarlari namoyish etiladi.

Ular orasida “Jungli kitobi yangi ijroda” baleti Akram Xon (Buyuk Britaniya)ning sahnalashtiruvchi rejissyorligida, bosh qarorgohi Lozanna (Shveysariya)da joylashgan Moris Bejar baleti, Boris Eyfman teatri (Rossiya) rahbarligidagi “Pigmalion aks ta’siri” va “Yevgeniy Onegin” spektakllari, shuningdek, “Ipak yoʻli” hamda “Lazgi – muhabbat va qalb raqsi” milliy baleti (Oʻzbekiston) tomoshalarining ijro etilishi kutilmoqda.

Chiptalar tez orada iticket.uz saytida
____

В Государственном академическом Большом театре Узбекистана имени Алишера Навои с 1 по 19 марта 2023 года состоится Международный балетный фестиваль, организованный Фондом развития культуры и искусства. В рамках его масштабной программы будут представлены знаменитые постановки разных стран и балетных школ.

Среди них – балет «Книга джунглей в новом исполнении» в постановке Акрам Хана (Великобритания), Балет Мориса Бежара в Лозанне (Швейцария), спектакли «Эффект Пигмалиона» и «Евгений Онегин» в постановке Театра балета Бориса Эйфмана (Россия), а также «Шёлковый путь» и национальный балет «Лазги — танец Души и Любви» (Узбекистан).

Билеты в скором времени будут доступны на сайте iticket.uz