my.gov.uz
171K subscribers
1.33K photos
102 videos
2 files
2.15K links
Расмий телеграм канали

Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz

Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig
Download Telegram
❗️«Snos»ga tushgan uy-joylarni my.gov.uz orqali aniqlang (video)

Ko‘chmas mulkingiz buzilishga tushmaganligiga my.gov.uz orqali ishonch hosil qiling.

👨🏻‍💻Buning uchun “Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” xizmatidan foydalaning.

💸 Ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanganda 10% chegirmaga ega bo‘lasiz.

🗓 Xizmat ko‘rsatish muddati – 3 kun.

🏠 Mazkur qulaylik hovli-joy sotib olayotganda, uyni kapital ta’mirlayotganda juda qo‘l keladi.

Muhimi, ko‘ngil xotirjam bo‘ladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
🔴 Diqqat!!! Muhim xabar

👮‍♀️ Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Avtomototransport hisobi” va "Haydovchilik guvohnomasi" axborot tizimlari yangi “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ga o‘tayotganligi munosabati bilan my.gov.uz orqali avtomototransport vositalari bilan bog‘liq (Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish, Avtotransport oynalarining tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma olish, Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma berish) xizmatlarda uzilishlar yuzaga kelmoqda.

💁🏻‍♂️ Yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

✍️ Muammo bartaraf etilishi bilan qo‘shimcha axborot beriladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
🔴 Внимание! Важное сообщение

👮‍♀️ В связи с переходом информационных систем «Учет автомототранспорта» и «Водительское удостоверение» Службы безопасности дорожного движения Департамента общественной безопасности МВД на новую «Единую автоматизированную информационную систему» при использовании через my.gov.uz услуг, связанных с автомототранспортом (Замена водительских прав на образец новой формы, Получение разрешения на установку тонировки на стекла легковых автотранспортных средств, Электронное оформление доверенности на право управления автомобилем), возникают сбои.

💁🏻‍♂️ Специалистами Министерства внутренних дел принимаются необходимые меры по устранению возникающих проблем.

✍️ По завершении технических работ будет предоставлена дополнительная информация.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
❗️ “Qora ro‘yxat” mavjud emas, “kredit tarixi”ni tekshiring!

📰 «Bank "qora ro‘yxati"ga tushganim uchun kredit berilmayapti...» degan mazmundagi murojaatlar tez-tez uchrab turadi.

Birinchidan, bank tizimida “qora ro‘yxat” tushunchasi, umuman, kredit ajratilishi taqiqlangan fuqarolar bo‘yicha tuzilgan “maxsus ro‘yxat” yoki “ma’lumotlar bazasi” mavjud emas.

📓 Ikkinchidan, “qora ro‘yxat” tushunchasi yetarli bilim va malakaga ega bo‘lmagan ayrim bank xodimlari tomonidan kredit arizasini ko‘rib chiqish jarayonida ilgari olingan yoki joriy krediti bo‘yicha to‘lovlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan kechiktirib to‘lagan fuqarolarga “qora ro‘yxatga tushib qolgansiz” deb izoh berishi (tushuntirishi) oqibatida vujudga kelmoqda.

➡️ Ushbu holat aslida fuqaroning “kredit tarixi” ma’lumotlari bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgi kunda undan barcha kredit beruvchi tashkilotlar fuqaroga kredit berishdan oldin foydalanishmoqda.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz!

📑 Kredit tarixi – bu sizning kredit va qarzlaringiz haqidagi ma’lumot. Unda kreditlar qachon, qancha miqdorda va qayerdan olinganligi, keyin qanday qaytarilganligi va buni kim so‘ragani to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Bularning barchasi my.gov.uz ning kredit tarixi bo‘limida saqlanadi.

💁🏻 Foydalanuvchilar uchun!

▪️Kredit tarixini ilk marta bepul olish mumkin. Pullik tartibi esa istalgancha.

▪️Kredit tarixida xatolar aniqlansa, ularni bank orqali tuzatish mumkin.

▪️Kredit tarixini nafaqat bank, balki sug‘urta kompaniyasi, notarius, sud yoki ish beruvchi fuqaro roziligi bilan tekshirishi mumkin.

▪️Kredit tarixingizni bilish uchun my.gov.uzda ro‘yxatdan o‘ting.

📹 Xizmatga doir videoyo‘riqnoma bilan tanishing: 👇
🛂 O‘zbekistonda Mobile ID dan foydalanish boshlandi❗️

👨🏻‍💻 “Elektron hukumat” tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile-ID (mobil telefon orqali) sinov tartibida ishga tushdi.

💁🏻‍♂️ Endi ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) Elektron raqamli imzosiz foydalanishlari mumkin.

📲 Faqat buning uchun smartfonimizga my.gov.uz mobil ilovasi yuklab olingan bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz!

📱MyGov ilovasi (Google Play va App Store) orqali ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul!

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
⚡️Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish my.gov.uz da arzonga tushadi!

🚗 Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi.

👨🏻‍💻Haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limiga borgan holda o‘zini o‘zi band bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

📌 Ro‘yxatdan o‘tish va guvohnoma olish bepul.

💁🏻‍♂️ Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming so‘m davlat boji to‘lab, litsenziya varaqasini oladi.

❗️my.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo‘llaniladi, ya’ni 270 ming so‘m to‘lanadi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
📹 Yagona portalda yoshlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlardan foydalaning!

My.gov.uz – yurtimiz yoshlariga bir talay qulay imkoniyatlarni taqdim etadi:

https://youtu.be/U4A2enrdFm0
👨🏻‍🎓 Talabalar diqqatiga❗️

🚶🏻Oʼqish joyidan maʼlumotnoma olishga ortiqcha vaqt va mablagʼ sarflamang!

Ushbu qulaylik my.gov.uz da joriy etilgan boʼlib, bunday maʼlumotnoma ishga kirishda, mudofaa boʼlimlariga murojaat qilganda yoki bankda taʼlim krediti olish kabi boshqa muayyan xizmatlarni olishda talab etilishi mumkin.

🤷🏻‍♂️Аvvallari bu maʼlumotnomani olish uchun talaba dekanatga murojaat qilishi, ularning boʼsh vaqtini kutishi kerak edi. Endi bunday ovoragarchiliklar umuman yoʼq.

📹 Oʼqish joyidan maʼlumotnoma olish xizmati toʼliq avtomatlashtirilgan va bepul:
https://youtu.be/XlTXqrnVwfM
📹 Video: Bolani bog‘chaga my.gov.uz orqali joylashtirish

👨‍👩‍👧‍👦 Aksariyat ota-onalar farzandini bog‘chaga joylashtirish uchun tegishli tashkilotga qatnash, yana navbatlarda turishni o‘ylab, bolani bog‘chaga ro‘yxatga qo‘yishni paysalga solishadi.

⁉️Aslida buning uchun qayergadir borish, navbat kutish shartmikin?! Yo‘q, albatta!

📲 Shunchaki telefonni qo‘lga olib, my.gov.uz portali orqali bolani bog‘chaga ro‘yxatga qo‘yish kifoya!

📹 Videorolikda buni qanday amalga oshirish batafsil tushuntirilgan.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Tezkor xabar❗️

⚡️2022-yil 12-sentabr kuni soat 13:00 dan 14:00 ga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida texnik tanaffus amalga oshiriladi. Bu vaqtda mazkur tashkilotning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

💁🏻‍♂️ Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʼraymiz!
⚡️⚡️YANGILIK!

🌐 My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi!

🔹 Endi ishonchnoma rasmiylashtirish uchun notarial idora izlab yurish, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda turish shart emas. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.

🔹 Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Chunki elektron ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan onlayn tekshiriladi.

🔹 Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji – BHM ning 3 baravari – 900 ming so‘m) belgilangan.

Bunda davlat boji:
🔹 1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 % (90 ming so‘m);
🔹 6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 % (450 ming so‘m);
🔹 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 % (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.

https://youtu.be/G2xTXyQvFvk
⚡️⚡️НОВАЯ УСЛУГА!

🌐 На портале my.gov.uz запущена услуга оформления электронной доверенности на право управления автотранспортным средством!

🔹 Теперь для оформления доверенности не обязательно идти в нотариальную контору и ждать очереди для оформления документа. Весь процесс осуществляется онлайн.

🔹 Даже если вы забудете документ при управлении автомобилем, проблем не возникнет. Электронная доверенность проверяется сотрудниками ДПС онлайн.

🔹 Для оформления электронной доверенности установлен отдельный порядок оплаты (государственная пошлина в трехкратном размере БРВ – 900 тысяч сумов).

🔹 При этом государственная пошлина взимается в следующих размерах:

🔹 на срок до 1 месяца – 10% (90 тысяч сумов);
🔹 на срок до 6 месяцев – 50% (450 тысяч сумов);
🔹 на срок до 3 лет – 100% (900 тысяч сумов).

https://youtu.be/G2xTXyQvFvk
Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi❗️

⚡️2022-yilning 2-yarmida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sanalari e’lon qilindi.

📌 Test sinovlari sentabr oyida ham o‘tkazilishi belgilandi. Shuningdek, oktabr, noyabr va dekabr oylarida ham tashkil etilib, har oyda 2 marotaba o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

📹 Quyida ushbu xizmatdan foydalanish yo‘riqnomasi bilan tanishing: https://youtu.be/tCCrEFn6anw

@MyGovUz | @eGovUz
Нам важно ваше мнение❗️

🌐 Центр управления проектами электронного правительства приглашает всех наших соотечественников принять участие в небольшом опросе, состоящей из 4 вопросов, с целью повышения удобства использования Единого портала электронных услуг.

По результатам данного опроса будут подготовлены предложения по улучшению портала my.gov.uz.

❗️Не забывайте, каждое мнение важно для вас и для нас!

📢 Для участия в опросе перейдите по ссылке:

https://forms.gle/8TjJDXTFHCVyUo1m6
Sizning fikringiz biz uchun muhim❗️

🌐 Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi barcha yurtdoshlarimizni elektron davlat xizmatlarini qulayligini oshirish maqsadida 4 ta savoldan iborat qisqa so‘rovnomada qatnashishga taklif etadi.

Ushbu so‘rovnoma natijalari asosida my.gov.uz portalini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.

❗️Unutmang, har bir fikr – sizu biz uchun muhim!

📢 So‘rovnomada qatnashish uchun quyidagi havolaga o‘ting:

https://forms.gle/5WT7AG8uv4oUQbuT6
​​👨‍💼Pedagoglarga attestatsiya va malaka hujjatlarini topshirish bo‘yicha qulaylik

🧑🏻‍💻Endilikda maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘tish va malaka toifasi (lavozim) olish bo‘yicha hujjatlarni uydan chiqmagan holda my.gov.uz orqali topshirishlari mumkin.

💁🏻‍♂Shuningdek, ularga qog‘oz shaklidagi attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinib, o‘rniga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etildi.

📝Ariza topshirish: har yili yanvar-fevral, avgust-sentyabr oylarida amalga oshiriladi.

💁🏻‍♂Muhim jihati, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi. Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilganda esa davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov to‘lanadi.

🌐My.gov.uz orqali murojaat qilinganda, 10 foiz chegirma beriladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarni tekshirishlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi

“Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–374-son, 13.09.2022-y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga muvofiq, nazorat qiluvchi organlar tomonidan 2022-yil 1-noyabrdan:

tadbirkorlarni tekshirishlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi (ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi);
tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot tadbirlar tugagan kundan 3 kunda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.

📝 “Xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlar kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilinadi.

❗️2023-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reyestriga kiritilmagan funksiyalar bo‘yicha tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlanadi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
📣 E’lon!

🛃 Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi «Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha aholi ko‘nikmalarini oshirish bo‘limi»ga ishga taklif etadi.

🖥 Lavozim: bo‘lim boshlig‘i

💬 Talablar:
🖊 Bakalavr, magistr darajasi
🖊 Rasmiy hujjatlar bilan ishlash
🖊 Elektron xizmatlarni rivojlantirish va joriy qilish bo‘yicha tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi
🖊 Shaxslararo ijobiy munosabatlar ko‘nikmasi
🖊 O‘zbek va rus tillarini muloqot darajasida bilish
🖊 3 yillik ish tajribasi

📲 Rezyumelaringizni info@egov.uz manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
📲 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun @mygov22 bilan bog‘laning.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
📣 Объявление!

🛃 Центр управления проектами электронного правительства объявляет о вакансии в «Отдел повышения квалификации населения по использованию электронных государственных услуг»

🖥 Должность: начальник отдела

💬 Требования:
🖊 Степень бакалавра, магистра
🖊 Работа с официальными документами
🖊 Наличие навыков и опыта по внедрению и развитию электронных услуг
🖊 Хорошие навыки межличностного общения
🖊 Узбекский и русский языки обязательны на уровне общения
🖊 Опыт работы не менее 3-х лет

📲 Пожалуйста, присылайте свое резюме на info@egov.uz
📲 Для получения дополнительной информации свяжитесь с @mygov22

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Imtiyozli transport kartalarini olish uchun my.gov.uz orqali murojaat qilinadi

Hukumat qarori (16.09.2022-y. 507-son) bilan Shahar yo‘lovchilar transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga muvofiq, quyidagi shaxslarga imtiyozli transport kartasi beriladi:

🔹1941–1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
🔹1941–1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
🔹1941–1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
🔹Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
🔹haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
🔹Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
🔹ko‘zi ojiz nogironlar va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs.

📝 Imtiyozli transport kartalarini olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

🗓 Vakolatli organ arizani 2 ish kunida o‘rganib imtiyozli karta berish yoki uning berilishini rad etish haqida murojaat qiluvchiga ma’lumot yuboradi.

⚠️ Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi, imtiyozli karta cheklanmagan muddatga beriladi.

🔰Qarorga muvofiq, imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich:

▫️Toshkent va Samarqand shaharlarida – 2023-yil 1-yanvardan;
▫️respublikaning barcha shaharlarida – 2023-yil 1-maydan amalga oshiriladi.

☑️ Eski namunadagi guvohnomalar 2023-yil 1-sentyabrgacha o‘z kuchini saqlab qoladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz