FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.8K subscribers
18.9K photos
2.9K videos
10 files
7.77K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Yong’in-qutqaruvchilarning ruhiy tayyorgarligi sinovdan o’tkazildi

Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan katta va o’ziga xos yong’inlarni o’chirishda kutilmagan hodisalar va xavflarga ham ruhan, ham jismonan tayyor bo’lish o’z o’rnida maxsus bilim hamda ko’nikmalarni talab etadi.

Ayni maqsadda, bugun Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Samarqand shahar FV bo’limiga qarashli 2-son yong’in-qutqaruv qismi hududida o’quv amaliy mashg’uloti o’tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!
- - - - - - - - - - - - - -
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube
Президент Шавкат Мирзиёевнинг топшириғига мувофиқ, Туркияда рўй берган кучли зилзиладан жабр кўрганларга гуманитар ёрдам ҳамда табиий офат оқибатларини бартараф этишда иштирок этиш учун Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг бир гуруҳ қутқарувчилари жўнатилади.

По поручению Президента Шавката Мирзиёева в Турцию будут направлены гуманитарная помощь для пострадавших от сильного землетрясения и группа спасателей Министерства чрезвычайных ситуаций для участия в ликвидации последствий стихийного бедствия.

Facebook|Instagram|Twitter
Bugun, 6-fevral kuni soat 14:26 da Andijon tumani, “Gumbaz” MFY, Zilol ko‘chasida joylashgan xonadonning taxminan 50 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonayotganligi to‘g‘risida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Yong‘inga tuman FVB rahbar xodimlari hamda 2 ta YoQElari soat 14:32 da yetib borib, yong‘in soat 14:35 da qurshab olinib, 14:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan-jaroxati olish va halok bo‘lish xolatlari qayt etilmadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon tumani Hakan qishlog‘ida 3 ta uy portlabdi” degan gap rad etiladi, voqea joyida portlash ro‘y bermagan.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga asosan qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami yuborilmoqda

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda
6-fevral kuni Turkiya vaqti bilan soat 04:17 da 7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgan, jiddiy jarohatlar olgan va katta talafotlar ko‘rgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi. Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta'ziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Shuningdek, Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Sel-toshqinlarning oldini olish yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Bugun, 6-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va hamkor tashkilotlar ishtirokida sel-toshqin bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda uning oldini olish borasida o‘quv-taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ma'lumki, bahor faslida kuchli yog‘ingarchilik holatlari kuzatilishi mumkin. Bu esa turli sel va toshkinlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday vaqtda Favqulodda vaziyatlar xodimlari o‘zining tajribasi va mahoratini namoyon etishi zarur. Bu kabi o‘quv-taktik mashg‘ulotlar ularni ish jarayonlariga yanada chiniqtirib boradi.

O‘quv-taktik mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi FVV boshqarma boshlig‘i polkovnik Abdushukur Ro‘ziyev boshchiligida o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Joriy yilning 6-fevral kuni Turkiya Respublikasida sodir bo‘lgan zilzilalar aholi o‘rtasida turli sarosimalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Bu, o‘z navbatida, mamlakatimiz hududida seysmogen holat, bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aholiga xolis va ishonchli ma'lumotlar taqdim etishni taqozo qiladi.
Qayd etish kerakki, Turkiya hududi seysmik faol zonada joylashgan bo‘lib, zilzilalar aynan mazkur seysmogen zonalarda sodir bo‘lmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida Seysmik vaziyatni baholash va kelgusidagi seysmik vaziyatni prognoz qilish bo‘yicha Idoralararo ekspert komissiyasi faoliyat yuritadi. Mazkur Idoralararo ekspert komissiyasi har hafta bo‘yicha Respublika va unga chegaradosh hududlarda zilzila sodir bo‘lish ehtimolligini kompleks-prognostik kuzatuv natijalariga asosan baholaydi.
Hozirgi kunda zilzilalarni prognoz qilish sohasida seysmometrik, geofizik, magnitometrik va gidrogeoseysmologik kuzatuvlar olib boriladi.
Olingan kuzatuv ma'lumotlari natijalariga asosan Idoralararo ekspert komissiyasining 2023-yil 3-fevraldagi 5-sonli bayoni xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda magnitudasi M≥5 bo‘lgan zilzilalar darakchilari aniqlanmagan hamda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emasligi ma'lum qilinadi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan 7-fevral kuni zilziladan talofat ko‘rgan Turkiya Respublikasiga insonparvarlik yordami va FVV qidiruv-qutqaruv bo‘linmalari jo‘natiladi. Turkiyada sodir bo‘lgan vayronkor zilzila oqibatlarini bartaraf etishga O‘zbekiston FVVning maxsus texnika va kinologiya xizmati jalb etiladi. Ayni damda, bizning qutqaruvchilarimiz favqulodda vaziyat ro‘y bergan joyga jo‘nab ketishga tayyorlanmoqda.
————————-
Как мы уже сообщали, по поручению Президента Узбекистана 7-го февраля в пострадавшую от землетрясения Турецкую Республику будет направлен гуманитарный груз и поисково-спасательные отряды МЧС. В процессе ликвидации последствий разрушительного землетрясения в Турции будут задействованы спецтехника и кинологические расчёты Министерства по чрезвычайным ситуациям Узбекистана. В эти часы наши спасатели готовятся к отправке на место ЧС.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Bugun, 6-fevral kuni soat 21:29 da Yangiyo‘l tumani “Qoratepa” MFYdagi ASGQSh hududida “HOWO” yuk mashinasi yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBga xabar tushgan.

Zudlik bilan tuman voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 21:38 da yetib borib, yong‘in soat 21:42 da qurshab olingan va 22:00 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jaroxati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kecha, 6-fevral kuni “GAZ-53” rusumli avtomashinasi Xonobod shahar  “Anxor” MFY Qoradaryo ko‘chasida xarakatlanib ketayotgan vaqtida yong‘in sodir bo‘lgani haqida Andijon viloyati FVB dispetcherlik qismiga soat 21:05 da xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, voqea joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:06 da yetib borib, yong‘in soat 21:07 da o‘rab olingan va 21:08 da batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida avtomashinaning motor va salon qismi yongan. Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda.

Yong‘in natijasida jaroxat olgan va halok bo‘lganlar qayd etilmadi.
Gazdan foydalanish qoidalarini bilish va ularga qat’iy rioya qilish zarur!
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yong‘in hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishingizni so‘rab qoladi:

Gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin neft mahsulotlari va boshqalar) turlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya eting;
Agar xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini ko‘ring;
Tezda gazni o‘chiring va derazalarni oching;
Yorituvchi hamda boshqa elektr asboblarini yoqmang yoki yoniq bo‘lsa o‘chirmang;
Gazni yoqishdan oldin gorelkaga gugurt tutib, shundan keyingina gazni oching.
Nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmang;
Isitish pechlari dudburonlarining toza va soz holatda bo‘lishini ta'minlang;
Gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari hamda suyultirilgan uglevodorod gaz balonlarini (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirmang;
Oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
Xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanmang;
Havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni ochiq va ishchi holatda bo‘lishini ta'minlang;
Uyingizga kelgan FVV, “Hududgazta'minoti” xodimlari tavsiyalariga rioya qiling.

Agarda gaz plitada nosozlik aniqlansa bu haqda “104” raqami orqali gaz avariya xizmatiga, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda, yong‘in-qutqaruv xizmatining “101” telefon raqamiga xabar bering.

Siz bu qoidalarga amal qilish bilan o‘zingiz va yaqinlaringizni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalardan asragan bo‘lasiz!

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Nurobod” MFYda sodir
bo‘lgan chaqnash to‘g‘risida birlamchi ma'lumot

Bugun, 7-fevral kuni soat 07:30 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Nurobod” MFY Navbahor ko‘chasi raqamsiz yashash uyida, gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro tan jarohatini olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda chaqnash oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda “Hududgazta'minoti” hodimlari chiqishgan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Biz korrupsiyaga qarshimiz”

Korrupsiya – jamiyat kushandasi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan jiddiy choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat FVB boshlig‘i, Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari hamda boshqarma shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari, harbiy xizmatchilar, xizmatchilar ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Joriy yilninig 6-fevral kuni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Toshqinga qarshi hududiy komissiya a’zolari, shuningdek tuman va shaharlar FVB boshliqlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida Hukumat komissiyasi tomonidan yuklatilgan topshiriqlar bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar taqsimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda 1 - 4 fevral kunlari joylarda FVDqT funksional xizmatlari tomonidan sel-toshqinga qarshi amalga oshirilgan tadbirlar tahlili hamda fevral oyi davomida olib boriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek viloyat hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar muhokama qilindi hamda aholi va hududlarni gidrometeorologik hodisalar, geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram